MARKUZE

MARKUZE (Marcuse) Gerbert (1898. 19.7, Berlin — 1979.29.7, Shtarnberg) — nemis-amerika faylasufi va sotsiolog. 1934-y. dan AQSHda. Fan va texnika rivojlangan jamiyatda inqilobiy oʻzgarishlar qilish tashabbusi «qoloqlar» (lyumpenlar, ishsizlar) va radikal ziyolilar hamda talabalar tomoniga oʻtadi, deb uqtirgan. Kurashning oshkora shakllarini «parlament oʻyini» sifatida baholab, ulardan voz kechishni talab qilgan. Markuze gʻoyalari Gʻarbda soʻl ekstremistik kuchlar dunyoqarashiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Asosiy asarlari: «Eros va sivilizatsiya» (1955), «Loqayd inson» (1964), «Psixologik taxlil va siyosat» (6nashri, 1980).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x