MARKOVIS

MARKOVIS (Markowitz) Xarri — amerikalik iqtisodchi. Kaliforniya unti prof. (1968), «Arbitraj menejment kompani» prezidenta (1969—72), Pensilvaniya unti moliya prof. (1972— 74), Rutjerov untining iqtisodiyot va moliya boʻyicha xizmat koʻrsatgan prof. Amerika moliya assotsiatsiyasi prezidenti.

Markovis qimmatli qogʻozlar bozoriga matematik usullarni koʻllash imkoniyatlarini, shuningdek, portfel investitsiyalarini tanlash, investitsiyalarni samarali diversifikatsiyalash mu-ammolarini tadqiq etgan. U turli qimmatli qogʻozlarga kapitalni optimal investitsiyalash nazariyasini yaratdi. Markovisning portfel investitsiya nazariyasi asosida qimmatli qogʻozlarni diversifikatsiyalashning maqsadga muvofiqligi va xatarlarni baholash toʻgʻrisidagi gʻoyalari AQSHda katta mu-vaffaqiyat qozondi. Yirik asarlari: «Portfel tanlovi: investitsiyalarning samarali diversifikatsiyasi» (1959), «Portfelni va kapital bozorlarini tanlashda oʻrtacha va dispersiyalar taxdili» (1987). Nobel mukofoti laureati (1990; M. Miller va U. Sharp bilan birgalikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x