MARJON DENGIZI

MARJON DENGIZI — Tinch okeandagi yarim yopiq dengiz. Avstraliyaning shim.-sharqiy qirgʻogʻi, Yangi Gvineya, Yangi Kaledoniya o. lari oraligʻida, shim.gʻarbda Torres boʻgʻozi orqali Hind okeani bilan tutashgan. Mayd. 4068 ming km2. Oʻrtacha chuq. 2394 m, eng chuqur joyi 9174 m. Dengizda marjon riflari (jumladan, Katta Toʻsiq rifi) va orol koʻp. Kema yurishi juda xavfli. Tubining relyefi notekis, oʻrqirli. Aylanma oqimlar bor. Gʻarbiy chekkasidan Sharqiy Avstraliya oqimi boshlanadi. Suvining yuza qismida t-ra janubda avg. da 19° dan fev. da 24°gacha, shim. da yil davomida 28° atrofida. Shoʻrligi 35,5°/0O. Suv qalqishi notekis. Akula, uchar baliqlar bor. Asosiy portlari: Kerns (Avstraliya), Port-Morsbi (Yangi Gvineya o.), Numea (Yangi Kaledoniya o.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x