MARI

MARI (1937-y. gacha — Marv) — Turkmanistondagi shahar, Mari viloyati markazi, Murgʻob daryosi va Qoraqum kanali boʻyida. T. i. tugun i. Ashxobodpt 343 km uzoqlikda. Aholisi 102,1 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Rossiya Turkmanistonni bosib olganidan key-in Marv okrugining harbiymaʼmuriy markazi sifatida 1884-y. da barpo qilingan (1917-y. dan oldin Zakaspiy viloyatining uyezd markazi edi).

Yengil, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari korxonalari, mashinasozlik z-di bor. M. yonida tabiiy gazda ishlaydigan GRES ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, kasb-hunar, musiqa maktablari, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, tarix muzeyi, kutubxonalar, madaniyat uylari, teatr, madaniyat va istirohat bogi, kasalxona va b. tibbiy muassasalar mavjud. Aeroport bor. Shahardan 30 km sharqda qad. Marv qoldiklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x