MARGANESLI OʻGʻITLAR

MARGANESLI OʻGʻITLAR — tarkibida marganes boʻlgan oʻgʻitlar. Marganesli oʻgʻitlarga maxsus tayyorlangan oʻgʻitlar va preparatlar, marganes bilan boyitilgan mineral oʻgʻitlar va baʼzi sanoat chiqindilari kiradi. Marganesli oʻgʻitlar sifatida marganesli superfosfat (2-3% MpO, 17-18% R2O5), marganes sulfat (MnSO4), tarkibida marganes boʻlgan preparat (3,5 — 4,5% MpO); tarkibida fosfor va marganes boʻlgan preparat (18% MnSO4); marganesli shlam (12—22% MpO) ishlatiladi. Marganesli superfosfat (tarkibida 17—18% R2O5 va 2—3% chamasida marganes boʻladi) fos-formarganesli oʻgʻit hisoblanadi. Kukunsimon superfosfatga marganes shlami qoʻshib donadorlashtiriladi. Marganes sulfat oq yoki och kulrang kristall kukun, suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa ekishdan oldin solinadi, vegetatsiya davrida usimliklarni oziqlantirishga hamda ekish oldidan urugʻlarni ishlashda qullaniladi.

Marganesli oʻgʻitlar tuproqning usimliklar uzlashtira oladigan shakldagi marganes bilan taʼminlanganligiga qarab qoʻllaniladi. Oʻsish davrida Marganesli oʻgʻitlar gektariga 4—6 kg miqdorda asosiy oʻgʻitlar bilan birga beriladi. Marganesning muhim manbalaridan biri goʻng hisoblanadi. Yerga gektariga 10—20 t miqdorda goʻng solinganda oʻsimliklarning marganesga bulgan ehtiyoji tuda qondiriladi (yana q. Mikrooʻgʻitlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x