MARGʻILONSOY

MARGʻILONSOYFargʻona viloyatidagi soy. Vodil qishlogʻidan quyida Shohimardonsoy shu nom bilan ataladi (q. Shohimardonsoy). Uz. 45 km dan ortiq. Yuqori qismida vodiysi tor. Oʻrta va quyi oqimida Margʻilonsoy vodiysi va uning gidrologik rejimining tabiiy holati keskin oʻzgargan. Oʻrtacha yillik suv sarfi 5 m3/sek. Vegetatsiya davrida Margʻilonsoy suvi toʻla sugʻorishga sarflanadi. Margʻilonsoyga quyi oqimida kollektorzovur suvlari ham kelib quyiladi. Alr. dan suvi koʻpaya boshlaydi, iyulda eng koʻp boʻladi, sen-t. dan kamaya boshlaydi. Fargʻona va Oxunboboyev tumanlarining ekin maydonlarini va shu tumanlardagi qishloklarni suv bilan taʼminlaydi.

Margʻilonsoy vodiysida Fargʻona va Margʻilon sh. lari hamda Qirguli shaharchasi, bir qancha qishloqlar joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x