MANTUANER

MANTUANER — kechpishar olma navi. Vatani — Jan. Tirol (Italiya). Daraxti bal. 6—11 m, shox-shabbasi kengligi 8—13 m ga boradi. Oftobga karagan tomoni qizil, eti oq, muloyim, sen-t. ning oxirlarida terib olinadi. Fe-v. gacha yaxshi saqlanadi. Mart oyining 2-yarmida kurtak chiqarib, apr. ning 1-oʻn kunligida gullaydi. Rozmarin, Si-merenko kabi navlar bilan yaxshi changlanadi. Meva shakli keng yapaloq sharsimon, vazni 70— 80 g. Niholi ekilgandan soʻng 7 — 8-yili hosilga kiradi, 10—12 yoshli daraxtidan har yili 600—750 kg hosil olinadi, saqlanish jarayonida taʼmi yanada yaxshilanadi. Uzoq masofalarga joʻnatishga yaroqli. Mevasi tarkibida 83,5% suv, 2,29% quruq modda, 9,7% kand, oz mikdorda pektin moddalari mavjud. Konserva sa-noatida sharbat tayyorlanadi. Kasallik va zararkunandalarga chidamli. Toshkent, Fargʻona, Andijon, Samarqand viloyatlaridagi bogʻlarda uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x