MANIAX

MANIAX (6-a.) — Turk xoqonligining Eronga yuborgan elchilar guruhi rahbari, sugʻdlik savdogar. Xusrav I Anushirvon uzoq vaqtgacha Sugʻd elchilariga uzil-kesil javob bermay turgan, sugʻ-dlar keltirgan ipak mollari namunalarini oʻtga tashlattirgan. Maniax elchiligi muvaffaqiyatsiz chiqqach, turklar Vizantiya bilan ittifoq boʻlib, Eronga qarshi yurish boshlashga qaror qilishgan. 568—569-y. larda Turk xoqonligi Konstantinopolga, Yustin II saroyiga yana M. ni boshliq qilib elchilar yuborgan. Unga Eronni bir chekkada qoldirib, Vizantiya bilan bevosita savdo munosabatlari oʻrnatish vazifasi yuklatilgan. U zimmasidagi vazifani uddalagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x