MANGʻISHLOQ

MANGʻISHLOQ (qozoqcha Manqistov) — Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻidagi ya. o. Qozogʻistonning Mangʻishloq ewionmu tarkibida. Mangʻishloq nomi qadimdan mashhur. «Devonu lugʻotit turk», «Tarixi Abulxayrxoniy», «Abdullanoma» kabi asarlarda ham tilga olingan.

Yarim orolning jan.-gʻarbiy qismi tekislik va bu yerlarda baʼzan dengiz sathidan past botiklar (mas, Qoragiye — 132 m) uchraydi. Jan.-sharqida Mangʻishloq platosi (278 m gacha), shi-m. da Qoratov, Shim. va Jan. da Oqtov togʻlari (bal. 556 m gacha) bor. M. ohaktosh, qumtosh, gilli slaneslardan tarkib topgan. Tuproklari sur-qoʻngʻir, shoʻrxok, shoʻrtob tuproq va taqirlardan iborat. Katta neft va gaz konlari, qoʻngʻir koʻmir, marganes, temir rudasi va fosforit konlari topilgan. Choʻl oʻsimliklari (shuvoq, shoʻra, chay-ir, burgan, saksovul va h. k.) oʻsadi. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. Fort-Shevchenko porti bor. Neftchilarning Uzen va Jetiboy shaharlari rivojlanib bormoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x