MALTUS

MALTUS (Maltus) Tomas Robert (1766.17.2, Rukeri — 1834.23.12, Bat) — ingliz iqtisodchisi, ruhoniy. Kem-brij untining Jezus kollejini tugatgan (1788). Ost-Indiya kompaniyasi tasarrufidagi kollejda yangi tarix va siyosiy iqtisod kafedrasida prof. (1805-34). Maltus klassik maktab vakili boʻlishiga qaramay, D. Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasini inkor etdi va tovar qiymatini i. ch. xarajatlariga kushdi, foydani tovar qiymatiga nominal qoʻshimcha, deb qaradi. Maltus pul nazariyasiga va «ortiqcha ishlab chiqarish» nazariyasiga katta hissa kushgan. «Nufus qonuni toʻgʻrisida tajribalar» asari (1798) unga katta mashhurlik keltirdi. Maltus bu asarida koʻpgina iqtisodchilar orasida qabul qilingan aholi soni va uning oʻsishi boylikdir, degan fikrga zid holda aholi oziq-ovqatning cheklangan taklifiga duch kelguniga qadar oʻsaveradi, aholi geometrik, oziq-ovqat mahsulotlari taklifi arifmetik progressiya boʻyicha oʻsadi, deb qaraydi. Aholi oʻsishini ijobiy (yaʼni oʻlimni koʻpaytirish orqali) — urushlar, epidemiyalar va b. yoki salbiy (tugʻilishni cheklash orqali) — ahloqiy cheklashlar, kech ni-kohga kirish va b. yoʻllar orqali nazorat qilish mumkin. Maltus oʻz fikrlarini «tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni» bilan asoslashga urinadi. Maltusning ish haqi nazariyasi tirikchilik minimumga teng boʻlgan do-imiy ish haqini nazarda tutadi. Lekin rivojlangan mamlakatlarda aholi ham, ish haqi ham, Maltusning bashoratlariga zid holda, texnika ravnaqi tu-fayli oʻsib, daromadlarning oʻsishi darajasiga qarab tugʻilish pasayib bormoqda. Maltus javob berishga harakat qilgan muammolar hoz. zamonda ham past rivojlangan mamlakatlarda dolzarb hisoblanadi. Bu mamlakatlarda tugʻilish koeffitsiyenti yuqori boʻlgan sharoitda tibbiyotni «import qilish» bilan rivojlangan mamlakatlardagi kabi past oʻlim koeffitsiyenti taʼminlanmoqda va, ayni paytda, bu mamlakatlarda qashshoqlik muammosi mavjud. Shuningdek, ayrim ekologlar jahon miqyosida aholining va sanoat i. ch. ining oʻsishi resurslar taqchilligiga olib keladi, deb qaraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x