MAKROSYOMKA

MAKROSYOMKA, makrosuratga olish — koʻzga koʻrinadigan (makro-skopik) narsalar (obyektlar yoki detallar) ni oddiy suratga olishdagiga nisbatan yirikroq (1:5 dan 20:1 gacha) masshtabda fotosuratga olish yoki ki-notasvirga tushirish. Odatda, mayda va oʻrtacha kattalikdagi narsalar uchun qoʻllaniladi. Makrosyomka qisqa masofa (optik tizimning 6,0— 1,05 fokus masofasi)dan turib bajariladi. Makrosyomka obyekt yoki detallarning oddiy koʻz bilan ilgʻab boʻlmaydigan qismlari yoki tuzilishini suratdagi tasvir yoki ekranda koʻrsatishga imkon beradi. Makrosyomkada obyektlarni parallakssiz (oʻzgarishsiz) qayd qilish (q. Parallaks) qurilmasi b-n taʼminlangan foto – va kinoapparaturalardan foydalaniladi. Bu apparatlarning obyektivlari qisqa fokusli (fokus masofasi 20 mm dan kichik) yoki oddiy (fokus masofani qisqartiruvchi linzali) boʻladi. Makrosyomka, asosan, i. t. ishlari uchun ilmiy-ommabop va oʻkuv filmlari yaratishda, texnik maqsadlarda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x