MAJIDOV Vali Majidovich

MAJIDOV Vali Majidovich (1922.14.11 – Toshkent — 2002.28.6) — infeksionist olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tibbiyot fanlari d-ri (1963), prof. (1966). ToshTI ni tugatgan (1943). Shu in-t infeksion kasalliklar kafedrasida assistent (1947—54), dotsent (1954—62) va kafedra mudiri (1962-y. dan), ayni vaqtda sanitariyagigiyena f-ti dekani (1965—66), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1966—68), Oʻzbekiston Sogʻliqni sakdash vazirining oʻrinbosari (1968— 72). Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya in-ti rektori (1972—87). Ilmiy ishlari brutsellyoz va virusli gepatitning klinikasi, tash-hisi va davosiga oid.

As; Brutsellyoz (praktik vrachlarga yordam), T., 1954; Epidemik gepatit, T., 1957; Brutsellyoz (klinika, techeniye i prodoljitelnost), T., 1968.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x