MAHMUD ibn VALI

MAHMUD ibn VALI (taxm. 1595, Balx — ?) — tarixchi, geograf olim, sayyoh. Badavlat oilada tugilgan, yoshligida turli fanlardan saboq olgan. Hindiston, hoz. Shri Lanka va Movarounnaxr boʻylab sayohat qilgan. Ensiklopedik tavsifdagi asosiy asari «Bahr alAsror fi manoqib al-ahyar» («Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi») («Geografiya») boʻlib, muallif uni yozishda arab geograflari (Ibn al-Faqih, Istaxriy, Ibn Havqal, Abu Dulaf, Ibn Fadlon, al-Gʻarnotiy, Yoqut Hamaviy, Dimishqiy), fors olimlari Zakariyo Qazviniy, Hamdulloh Qazviniy va b.)ning asarlaridan foydalangan. Asarda dengiz, okean, dare, qir, togʻ, buloq, mashhur portlar (bandargoh), shaharlar, mamlakatlar va ular hududidagi tabiiy muhit, hayvonot olami, ajoyibotlar haqida bayon qilinadi.

Mahmud ibn vali ibn Mahmud ibn vali bundan tashqari, «Ravoʻix-i toyiba» («Yoqimli hidlar»), «Muhabbatnoma», «Najmi saqib» («Yorqin yulduz»), «Risolai bahoriya» («Ba-hor haqida risola»), «Axloqi husayniy» («Axloq husnlari») asarlarining muallifi. U 50 ming baytdan iborat katta devon tuzgan.

As: More tayn otnositelno doblestey blagorodnыx (Geografiya), T., 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x