MAHFUZ NAJIB

MAHFUZ NAJIB (1911.11.12, Qohira) — arab yozuvchisi (Misr). Qohira untining adabiyot f-tini tugatgan (1934). «Bemaʼni shivirshivir» (1936) novellalar toʻplami jamiyatdagi boylik va qashshoqlik oʻrtasidagi ziddiyat haqida. Romantiktarixiy romanlarini («Taqdir oʻyini», 1939; «Radobis», 1943; «Fiv kurashi», 1944) yozgach, Mahfuz Najib yana ijtimoiy mavzuga murojaat qilgan. «Yangi Qohira» (1945) romanida 2-jahon urushidan avvalgi Misr yoshlarining hayoti aks ettirilgan. «Xon al-Xaliliy» (1946), «Midak tor koʻchasi» (1947), «Avvali va nihoyasi» (1949) romanlarida 1919-y. dagi inglizlarga qarshi qoʻzgʻolondan 2-jahon urushi tugaguncha boʻlgan davrdagi Misr jamiyati turli tabaqalari hayoti panoramasi chizilgan. Mahfuz Najibning 1956—57 y. larda nashr etilgan, eski Qohiraning dahalari nomi bilan atalgan mashhur romanlari — «Bayn alkasrayn», «Kasr ash-Shouk» va «as-Sukkariya» 20-a. ning 1-yarmidagi Misr oilalari hayoti haqida. «Nil ustidagi safsata» va «Miramor pansionat» (1966), «Yomgʻir ostidagi sevgi» (1975) romanlarida Misrdagi 1952-y. dagi inqilob va undan keyin yuzaga kelgan muammolar tasvirlangan. «Oʻgʻri va it» (1961) romani hamda «Ilohiy dunyo» (1963), «Badnom xonadon» (1965), «Qora mushuk qovoqxonasi» (1968), «Shiypon ostida» (1969) novellalar toʻplamlari muallifi. Mahfuz Najibning koʻpgina asarlari ekranlashtirilgan yoki sahnalashtirilgan. Asarlaridan parchalar oʻzbek tilida eʼlon qilingan. Nobel mukofoti laureati (1988).

Ly.:Tashmuhamedova G. A., Ranniye sotsialno-bыtovыye romanы Nagiba Maxfuza, T., 1970.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x