MAHALLIY BYUDJETLAR

MAHALLIY BYUDJETLARdavlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.

Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-a. ning70-y. laridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.

Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 y. larda vujudga keldi (q. Davlat byudjetы). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va b. soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va b.) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.

Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va b. moliyalashtiriladi.

Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, xarajatlarni moliyalashtirish masalalari OʻzRning 2000-y. 14 dek. da kabul qilingan «Byudjet tizimi toʻgʻrisida» qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Abdurazunat Boymurodov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x