MAGNIT LENTA

MAGNIT LENTA, magnit tasma — sirtiga magnit katlami surkalgan yupqa qayishoq lenta. Tovush (nutq, musiqa) ni yozib olish va qayta eshittirish uchun ishlatiladi (q. Magnitik yozish). Ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid (v=F2O3), xrom (II) oksid (SYU2) va kobalt qoʻshilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat buladi (q. Magnit materiallar). M. l. asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diatsetat va triatsetat plyonka ishlatiladi. Plyonka sirtiga surkaladigan tarkib magnit kukuni, bogʻlovchi modda, eritgich, plastifikator va Magnit lenta sifatini yaxshilaydigan qoʻshimchalardan iborat boʻladi. Magnit lenta t-ra 20±5° gacha boʻlgan sharoitlarda ishlatiladi va saqlanadi. Metall va bimetall Magnit lenta ishlatiladi. Lentaning eni va kalinligi nimaga ishlatilishiga qarab tanlanadi. Mas, tovushni yozib olishda eni 3,81 va 6,25 mm, qalinligi 9—55 mkm boʻlgan Magnit lenta ishlatiladi. Hozir (2003) yupqa ishchi qatlami So—Ni (kobaltnikel), So—R (kobalt—fosfor) So—N—R (kobalt — azot — fosfor) va So—W (kobalt—volfram) qotishmalaridan iborat metall Magnit lenta ishlab chiqarilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x