MAGDEBURG

MAGDEBURG — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 239,4 ming kishi (1998). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni, Elba daryosidagi port. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-transport markazlaridan. Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi. Magdeburgda umumiy mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar i. ch., q. x. mashinasozligi, priborsozlik, daryo kemasozligi rivojlangan. Shuningdek, kimyo, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, tikuvchilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Magdeburg — mamlakatning madaniy markazlaridan: milliy teatr, Yangi shahar teatri (1876) madaniytarixiy muzey, roman cherkovi (11 — 13-a. lar), gotika sobori (13 — 16-a. lar) va b. bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 805-y. da tilga olingan. 968-y. dan Magdeburg arxiyepiskopligi markazi, Ganzanyant muhim shaharlaridan hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x