MAʼNAVIYAT

MAʼNAVIYAT — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida «maʼno» soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va b. kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami Maʼnaviyat dir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, Maʼnaviyat unga ruhiy oziq va kudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda taptayyor hodda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyat li odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtayi nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, Maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson Maʼnaviyat ini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyat li jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz Maʼnaviyatni tasavvur qilish qi-yin. «Maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi», degan edi OʻzR Prezidenti I. A. Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda Maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni Maʼnaviyat li qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi. Maʼnaviyat imiz «Avesto» va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hoz. kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda Maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida «Maʼnaviyat asoslari» fani oʻqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.

Ad.: Karimov I. A., Istiqlol va maʼnaviyat, T., 1994; Karimov I. A., Maʼnaviy yuksalish yoʻlida, T., 1998; Maʼnaviyat va maʼrifat asoslari (tuzuvchilar: S. O. Ota-murodov va b.,) T., 1998; Imomnazarov Maʼnaviyat, Milliy maʼnaviyatimiz nazariyasiga chizgilar, T., 1998.

Sultonmurod Olim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x