LAYLATUL-QADR

LAYLATUL-QADR (arab. — qadr kechasi) — islom aqidasiga koʻra, ramazon oyining 26 dan 27ga oʻtar kechasi. Bu kechaning ulugʻlanishi Qurʼoni karimning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kecha ming oydan afzal ekani toʻgʻrisida Qurʼonda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik boʻladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istigʻfor aytib, gunohlarini kechirishini soʻrab, Allohga iltijo qiladilar. Yana q. Isro va meʼroj.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x