KUYUKMOZOR QABRISTONI

KUYUKMOZOR QABRISTONINavoiy viloyati, Qiziltepa t. y. styasining jan.-gʻarbidagi qabriston (mil. av. 2-a. — mil. 8-a.). Bal. 1 — 1,2 m, diametri 12—14 m li 100 ga yaqin tuproqqoʻrgʻondan iborat. 1934-y. da arxeolog V. A. Shishkin ochgan. 1952-y. dan arxeolog O. V. Obelchenko qazish ishlari olib borgan. Kuyukmozor qabristoni 2 xil tipdagi qabrlardan iborat: birinchisi — yer ostida oʻra shaklida shim. dan jan. ga choʻzilgan, ikkinchisi — sharq tomondan zinapoya shaklida qazib tushilgan lahad. Qabrlarga murdalar uzunasiga va bukik holda, boshi jan. ga qaratib qoʻyilgan. Murdalar yonidan sopol idishlar, qurollar (dudama qilichlar, xanjarlar, kamon hamda uning oʻqlari va b.), jubba kiygan jangchi surati solingan suyak plastinkalar, oʻzuk, temir toʻqa, maʼbuda Anaxitaning haykalchasi va b. topilgan. Ossuariyga solib koʻmilgan jasadlar ham ochilgan. Bir ulik koʻmilgan joyga 2-marta koʻmish holdari ham uchraydi. Kuyukmozor qabristoni sarmatlarta tegishli ekanligi aniqlangan.

3 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x