Kutubxonalar. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi


Post Views:
476

Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1911 yilda tashkil etilgan. O‘sha davrda kutubxona shahar kutubxonasi deb yuritilgan. Kutubxonaning asoschilaridan biri arxeolog V.Vyatkin hisoblanadi. Kutubxonaning birinchi rahbari V.Andreyevdir. Dastlab kutubxona fondi 2 ming nusxadan iborat bo‘lgan.

1937 yilda kutubxonaga A.S. Pushkin nomi berilgan.

1970 yilda 500 ming nusxadagi adabiyotlarga mo‘ljallangan bino qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish, Talaba va o‘quvchi yoshlar, Vaqtli matbuot, Ma’lumot-bibliografiya, Texnika va Qishloq xo‘jaligi adabiyotlari, Oilaviy qiroatxona, San’at, Xorijiy adabiyotlar, Ilmiy metodik, Katalog va kartotekalar, O‘lkashunoslikka doir adabiyotlar bo‘limlari va Huquqiy axborot markazi mavjud.

2002 yil 30 oktyabrda Gete instituti Inter Natsiones ko‘magida kutubxonada nemis qiroatxonasi ochilgan.

Bugungi kunda kutubxona fondida 630 ming nusxadagi adabiyotlardan iborat.

Kutubxona viloyatdagi 739 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.

Manzil: 703004, Samarqand  shahri, Universitet xiyoboni,  21-uy.

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-a-s-pushkin-nomidagi-samarqand-viloyat-universal-ilmiy-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x