KUMULYATSIYA

KUMULYATSIYA (lot. cumulatio — koʻpayish, toʻplanish, yigʻilish) — baʼzi dori moddalar uzoq, muddat qabul qilinganda ularning organizmda toʻplanib, taʼsir etish kuchining ortishi. Zaharlanishga olib kelishi mumkin. Material va funksional Kumulyatsiya farq qilinadi. Material Kumulyatsiyaga barbituratlar, yurak glikozidlari, funksioval Kumulyatsiyaga etil spirti sabab boʻladi. Kumulyativ xossali moddalar organizmdan chiqib ulgurishi uchun dori ichirilmay, orada dam beriladi. Shunday dorilar organizmda ushlanib qolmasligi uchun koʻp suyuqlik ichiriladi va ayirish aʼzolarining faoliyatini oshirish chora-tadbirlari koʻriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x