KULKI-OʻYIN

KULKI-OʻYIN — oʻzbek anʼanaviy teatrining oʻziga xos janri. Masxara-boz va qiziqchilar tomonidan ijro etiladigan teatrlashgan tomosha turi (kulgili oʻyinlar). K.-oʻ. juda qad. za-monlardan shakllangan. Baʼzan bu atama oʻrnida masxara oʻyin, muqallid ibo-ralari ishlatiladi. K.-oʻ. da soddagiva syujet boʻlib, ijtimoiy illatlar (xa-sislik, firibgarlik kabi), axloqiy nuqsonlar tanqid qilinadi. Syujet yechimida pantomima, raqs harakatlari, mimika bilan birga dialog, qoʻshiq, yallalardan keng foydalaniladi. Aksariyat K.-oʻ. larda ramziy ifodalar mu-him ahamiyatga ega. 19-a. oxiri 20. a. boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida «Kadi badbaxt», «Lakalak», «Laylak ilonni ovladi», Fargʻova vo-diysida «Buva qovoq», «Kichkivajon», Xorazmda «Chaqaloq», «Sipsa oʻyin» kabi K.-oʻ. keng tarqalgan. K.-oʻ. namunalari qoʻqonlik M. Abdullayev, buxorolik B. Saʼdullayev, nurotalik K. Nur-matov, mangʻitlik M. Eshimbetov kabi masxarabozlar ijodi orqali bizgacha yetib kelgan. Bu anʼanaviy oʻyinlardan professioval va xalq teatrlarining ayrim spektakllari (S. Ahmad, «Kelinlar qoʻzgʻoloni», Oʻzbek milliy akademik drama teatri; «Ravshan va Zulxu-mor», Muqimiy teatri va b.)da ijo-diy foydalanib kelinmoqsa.

Ad.: Qodirov M., Oʻzbek teatri anʼanalari, T., 1976 Muhsin Krdirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x