KUALA-LUMPUR

KUALA-LUMPUR — Malayziyaning poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va siyosiy markazi. Federal poytaxt hududining maʼmuriy markazi. Malakkaya. o. ningjan.gʻarbiy qismida, togʻlar bilan oʻralgan xushmanzara vodiyda, Klang va Gombak daryolarining qoʻshilish yerida joylashgan. Iqlimi tropik mussonli, nam iqlim (nisbiy namlik 96% gacha), yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga oʻrtacha 2440 mm) va yil davomida t-ra yuqori boʻladi (oʻrtacha yillik t-ra 28,2°). Aholisi 1,3 mln. kishi (2000).

K.-L. 19-a. ning 80-y. larida shu atrofdan qalay qazib chiqaruvchi konchilar qishloqlari oʻrnida bunyod etilgan. 1880-y. dan Salangor sultonligining poytaxti. 1896-y. dan federatsiya qilib birlashtirilgan Malayya sultonliklarining maʼmuriy markazi. 1946-y. dan Angliya mustamlakasi — Malayya ittifoqining, 1984-y. dan Malayya Federatsiyasi (Malayya)ning markazi. 1957-y. avg. dan mustaqil Malayya Federatsiyasi, 1963-y. dan Malayziya Federatsiyasining poytaxti.

K.-L. muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. T. y. va shosse yoʻl orqali Malakka boʻgʻozi sohilidagi Port-Suettenem sh. b-n bogʻlangan. Muhim savdo-taqsimot punkti, kon sanoati va q. x. r-nining markazi. Toʻqimachilik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo, sement, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati, t. y. jihozlari i. ch., avtomobil yigʻish korxonalari mavjud. Texnologiya un-ti, Malayziya un-ti, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharning markaziy Femida hukumat maʼmuriy binolari, savdo firmalari, yirik banklar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid, Mariammam ibodatxonasi va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x