KSEROFITLAR

KSEROFITLAR (yun. xeros — quruq, phyton — oʻsimlik) — quruq (suvsiz) yerdarda oʻsadigan oʻsimliklar. Qator belgi va xususiyatlari (q. Kseromorfizm) tufayli issiqlik va suvsizlikka chidamli oʻsimliklar. Kserofitlar ekologik va fiziologik xususiyatlariga koʻra bir necha guruhlarga boʻlinadi.

Sukkulentlar — tanasida suv toʻplaydigan, protrplazmasining yopishqoqligi va hujayralarida koʻp miqdorda suv saqlanishi tufayli issiqqa chidamli, lekin suvsizlikka chidamsiz oʻsimliklar (aganalar, kaktuslar, aiios). Gemikserofitlar — suvsizlikka uzoq chidash berolmaydigan, lekin yer osti suvlariga yetadigan ildiz sistemasining boʻlishi, tanasidan suv bugʻlanishi va moddalar almashinuvi jarayonlarining jadal kechishi tufayli issiqlikka chidamli oʻsimliklar (yantoq, otquloq). Evkserofitlar — hujayra protoplazmasi juda quyuq boʻlishi, moddalar almashinuvi sekin borishi tufayli suvsizlik va issiqlikka chidamli oʻsimliklar (shuvoqlarning ayrim turlari). Poykilokserofitlar — suv tanqisligida anabioz holatga oʻtuvchi oʻsimliklar (ayrim tropik va subtropik oʻsimliklar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x