KRIPTORXIZM

KRIPTORXIZM (kripto… va yun. orhis — moyak, tuxum) — yorgʻoqda bitta (monorxizm) yoki ikkala moyakning boʻlmasligi; embrional rivojlanish anomaliyasi. Homila xromosomalari patologiyasi, ona va homiladagi gormonal yetishmovchilik, chov kanali nuqsonlari va b. omillar moyakning qorin pardasi orqasidagi boʻshlikdan yorgʻoqqa tushmay qolishiga sabab boʻladi. Hopmal holatda moyaklar homilaning 8—9 oyligida qorin boʻshligʻidan yorgʻoqqa tushadi, anomaliyada esa moyak yergʻoqdagi normal oʻrniga tushmay qoladi. Baʼzan moyak qorin boʻshligʻida yoki chov kanalida toʻxtab qoladi yoki notoʻgʻri toʻshadi, bunda chov kanalidan chiqib, yoʻnalishini oʻzgartiradi va chov, son sohasida yoki oldida, yo oralikda teri ostidajoylashadi. Gohida moyaklarning yorgʻoqqa tushishi choʻzilib ketib, bola 10—13 yoshga kirganida tugaydi. Bolada ikki yoklama K boʻlsa yoki tugʻma ikkala moyagi boʻlmasa, keyinchalik bepusht boʻlib qoladi (q. Bepushtlik). K. bir yoki ikki tomonlama, shuningdek, alohida kasallik yoki bir qator endokrin kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x