KOROVIN Yevgeniy Petrovich

KOROVIN Yevgeniy Petrovich (1891. 25.2 – Moskva — 1963.1.12) — botanik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1947), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1940), prof. (1932). Moskva un-tini tugatgan (1917). Oʻrta Osiyo unti oʻsimliklar geogr. si va sistematikasi kafedrasi mudiri (1928-60). Un-t qoshidagi Biologiya i. t. in-ti (1932— 38), Oʻzbekiston FA Botaniqa in-ti (1944—48, 1950 — 52) direktori. Korovinning ilmiy ishlari, asosan, ekologiya, geogr., flora, oʻsimliklar qoplami va filogenetikaga oid. Ferula turkumidan 60 dan ortiq yangi turni fanga kiritgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston boʻylab oʻtkazilgan 24 ekspeditsiyada qatnashib, uchlamchi davr qazilma florasi (Turkmaniston kserofiti, Qoratov lezofili)ni topgan. Oʻrta Osiyoda gʻoʻzani r-nlashtirish xaritasini tuzgan.

As: Geobotanicheskaya karta Oʻzbekistona, T., 1949; Rastitelnost Sredney Azii i Kazaxstana, v 2 tomax, M., 1961, 1962.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x