KOʻRGAZMA

KOʻRGAZMA — insonning moddiy va maʼnaviy faoliyati sohalaridagi yutuqlarni ommaviy namoyish etish. Hoz. zamon K. lari maqsadlariga koʻra, savdo K. lari (asosan, tijorat maqsadida uyushtiriladi), maʼrifiy-targʻibiy (informatsion) Koʻrgazmalar (badiiy, ilmiy-texnika, sanoat, transport va b. sohalardagi yutuqlarni targʻib qilish); davriyligiga koʻra, muntazam oʻtkaziluvchi (har yili, bir, ikki, uch yilda bir marta va h. k.), nomuntazam oʻtkaziluvchi (yubileylar, kongresslar, qurultoylar yoki biror boshqa munosabat b-n), doimiy ishlaydigan Koʻrgazma lar; namoyish etiladigan ekspovatlar mazmuniga k oʻ r a , iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, fan, texnika va madaniyat sohalaridagi yutuqlar va mahsulotlar namoyish qilinadigan universal Koʻrgazma, sanoat, q. x., sanʼat va b. ning bir yoki bir necha yondosh tarmoqlarini qamrab oluvchi ixtisoslashgan Koʻrgazma lar; qatnashchilari tarkibiga koʻra, jahon, xalqaro, milliy, mintaqaviy va b. ga boʻlinadi.

Dastlabki sodda shakldagi Koʻrgazmalar mil. av. 2—1-a. larda Bobil, Finikiya, Misr, Yunoniston, Rim kabi davlatlarda ayrim liniy xalq, bairamlarida oʻtkazilgan. Hoz. mazmundagi K. Yevropada 16-a. oxirida paydo boʻldi. Yirik korxona (manufaktura)larning vujudga kelishi bilan mahalliy savdo Koʻrgazmalari paydo boʻldi. Bunday Koʻrgazmalar Parij (1763-y.), Drezden (1765-y.), Berlin (1786-y.), Myunxen (1818 i.) va Manchesterda (1843) tashkil qilingan edi. Manufaktura tizimidan mashinalashgan i. ch. tizimiga hamda umumilliy bozor muno-sabatlariga oʻtish davrlarida Koʻrgazma larning ahamiyati, ayniqsa, katta boʻldi. Ularda texnika sohasidagi yangiliklar ham namoyish etila boshladi. 18-a. ning 60-y. laridan boshlab yirik umummilliy savdo-sanoat K. lari vujudga keldi. Shunday Koʻrgazmalar London (1761, 1767), Myunxen (1788), Peterburg (1829) da uyushtiriddi. Koʻrgazma larda savdo bitimlari tuzilar, iqtisodiy aloqalar yoʻlga qoʻyilar edi.

Umummilliy Koʻrgazmalar hoz. paytda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan va jahondagi koʻpgina mamlakatlarda muntazam oʻtkaziladi. Milliy Koʻrgazmalar chet ellarda mamlakatlar oʻrtasida kelishuvga koʻra tashkil etiladi. Ayrim milliy Koʻrgazmalar savdo Koʻrgazmalari koʻrinishida (mas, AQSHning London, Milan, Parij, Tokio va b. shaharlardagi savdo markazlari); namoyish zallari koʻrinishida tashkil etiladi.

19-a. 2-yarmidan boshlab xalqaro sanoat Koʻrgazmalari munosabati bilan maxsus pavilyon va inshootlar qurila boshladi. Ularning oʻzi ham Koʻrgazmalar oʻtkazish jarayonida ekspovat vazifasini oʻtaydigan boʻldi (Londondagi Billur saroy, Parijdagi «Mashinalar galereyasi», 1889) va b. Keyinchalik pavilyon, ekspovatlar joylashtirilgan maydonlar suv havzalari, favvora, gulzor, koʻkalamzorashtirilgan atrof muhit bilan uygʻunlashgan meʼmorlik majmuasiga aylantirildi. Xalqaro Koʻrgazmalar pavilyonlari meʼmorligi har bir mamlakat ekspozitsiyasining gʻoyaviy mazmunini ochishga xizmat qiladi.

Xalqaro savdo erkinligini targʻib etish maqsadlarida birinchi xalqaro sanoat Koʻrgazmasi (birinchi Umumjahon Koʻrgazma) Londonda 1851-y. datashkil etildi. 1851-y. dan 1958-y. ga qadar mamlakatlarning iqtisodiyot, fan, texnika, madaniyat, sanʼat sohalaridagi yutuqlari namoyish etilgan 36 universal jahon Koʻrgazmalari oʻtkazildi: Nyu-York (1853, 1939), Parij (1855, 1867, 1878, 1889, 1890, 1900, 1937), London (1862, 1886, 1908), Vena (1883), Filadelfiya (1876, 1926), Sidney (1879), Melburn (1880), Chikago (1893. 1933,1934), Bryussel (1897, 1910, 1935, 1958), Buffalo (1901), Glazgo (1901), Sent-Luis (1907), Lyej (1915), Gyoteborg (1923), Uembli (1924/ 25), Barselova (1926), Antverpen (1930), Port-oPrens (1948).

1958-y. dan boshlab Umumjahon Koʻrgazmalari «EKSPO» nomini oldi. Bryusselda oʻtkazilgan «EKSPO—58»da 52 mamlakat qatnashib, eng yangi markadagi avtomobillar, elektron uskunalar, avtomatik liniyalar maketlari, rangli televizorlar, xotira mashinasi kabi ixtirolar namoyish etildi.

1970-y. da birinchi bor «EKSPO» K. Osiyoda — Osaka (Yaponiya) sh. da «Insoniyat uchun taraqqiyot va uygʻunlik» shiori ostida oʻtkazildi. Unda 76 ta mamlakat qatnashib, tashrif etuvchilar soni 64,2 mln. kishiga yetdi.

70-y. lardan ixtisoslashtirilgan «EKSPO»lar ham uyushtirila boshlandi. «EKSPO-74» Spokana sh. da (AQSH) atrof muhit muammolariga, «EKSPO-75» Okivana sh. da (Yaponiya) Jahon okeani muammolariga bagʻishlandi. Oxirgi «EKSPO-2000» umumjahon Koʻrgazmasi 2000-y. Gannoverda I«nson—Tabiat—Texnika» shiori ostida oʻtdi. Mazkur Koʻrgazmada 173 ta mamlakat, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi ham qatnashdi.

Fan va texnikaning yanada rivojlanishi, i. ch. ning kengayishi va ixtisoslashib borishi sharoitida xalqaro ixtisoslashgan savdo Koʻrgazma larining ahamiyati ham ortib bordi va ular 20-a. da umumtarmoq Koʻrgazmalari oʻrnini egallay boshladi.

Hoz. xalqaro savdo Koʻrgazmaning koʻpchiligi ixtisoslashgan Koʻrgazma hisoblanadi. Oʻz maqsadlari, ishtirok shartlari va eksponentlarga beriladigan huquklariga koʻra, ular xalqaro yarmarkalarga yaqin turadi. Bunday Koʻrgazmalar turlicha nomlanadi (mas, Fransiyada — salonlar va yarmarkalar; Italiyada — salonlar, Koʻrgazma, yarmarkalar; GFRda yarmarkalar va Koʻrgazma,). Xalqaro savdo Koʻrgazmalari xalqaro savdoning rivojdanishiga yordam beradi.

Turkiston oʻlkasida tashkil etilgan Koʻrgazma larning ham oʻz tarixi bor. Bu oʻlkadagi dastlabki Koʻrgazma larda hunarmandchilik va dehqonchilik mahsulotlari namoyish etilgan. Amir Temur davrida oʻziga xos savdo Koʻrgazmalari tashkil etilgan. Samarqandning Konigil maydonida 400 tacha savdo pavilyoni (doʻkoni) boʻlib, ularda hunarmandlarning turli mahsulotlari, roʻzgʻor buyumlari, q. x. mahsulotlari sotilgan. Turkiston Rossiyaga qoʻshib olingach, hunarmandchilik va dehqonchilik Koʻrgazmalari bir necha marta tashkil etilgan. Toshkent sh. da birinchi marta maxsus sanoat va q. x. koʻrgazmasi 1870-y. ning yozida uyushtirilgan. Shu yili kosiblar sanʼati bilan tanishtirish maqsadida Turkiston oʻlka manufaktura Koʻrgazmasi ochildi. Toshkent q. x. va mahalliy sanoat K. si (1878), Turkiston oʻlka qunarmandlik va sanoat Koʻrgazmasi (1886), Turkiston oʻlka q. x. va sanoat mahsulotlari Koʻrgazmasi (1890) ayrim mahalliy yutuqlarni ommalashtirish maʼlum darajada rol oʻynaydi. Samarqand (1893), Toshkent (1894) Koʻrgazmalari eksponatlari jihatdan universal boʻlgan. 1900-y. gi Samarqand Koʻrgazmasi ipakchilik va asalarichilikka bagʻishlangan edi. Keyin oʻtkazilgan yirik Koʻrgazma larning soʻngisi 1909-y. 10 sent. dan 15 okt. gacha davom etgan Turkiston oʻlka Koʻrgazmasi boʻldi. U Toshkent sh. ning hoz. Amir Temur xiyobonida tashkil qilinib, unda q. h. va mahalliy sanoat maqsulotlari namoyish etildi, maxsus yoʻl koʻrsatkich bosib chiqarildi, «Koʻrgazma axborotnomasi» gaz. nashr qilindi (gaz. ning jami 17 ta soni chiqqan).

20-a. ning 20-y. laridan boshlab respublikada mahalliy Koʻrgazmalar oʻtkazildi. 1964-y. okt. da Toshkent sh. da 60 gektar maydonni egallagan, doimiy ishlaydigan Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligi yutuqlari Koʻrgazmasi ochildi. Oʻzbekiston sobiq Ittifoq qatnashgan Parij (1939), Nyu-York (1939), Bryussel (1958), Monreal (1967), Osaka (1970) sh. laridagi jahon Koʻrgazma larida Ittifoq tarkibidagi respublika sifatida qatnashgan. Shunda ham Oʻzbekistonda chiqarilgan tovarlar, mahsulotlar oʻzbek xalqining anʼanaviy kasbkorlari yuqori baho olgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Koʻrgazmalar tashkil qilishga alohida eʼtibor berila boshladi. Ularning eng yiriklari «Oʻzekspomarkaz» (Respublika savdo-koʻrgazma markazi), Rassomlar uyushmasiga qarashli «Hamar» K. lar zali, «Oʻzkoʻrgazmasavdo» (Respublika yarmarka savdosi markazi) hisoblanadi. Oʻzbekistonning bosh K. si — «Oʻzekspomarkaz» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan, sobiq Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligigi yutuqlari koʻrgazmasi asosida 1992-y. da tashkil etildi (yana q. Qishloq xoʻjaligi koʻrgazmalari).

Ad.: Chabrov G. I., Turkestan va vserossiyskom i vsemirnыx vыstavkax (1867 — 1914 gg.), [Trudы SAGU], T., 1958; Osnovы vыstavochnogo dela, M., 1980.

Baxtiyor Ermatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x