KOʻKDUMALOQ NEFT-GAZKONDENSAT KONI

KOʻKDUMALOQ NEFT-GAZKONDENSAT KONIQashqadaryo viloyatining Bahoriston tumani hududidagi kon. Qarshi sh. dan 12 km gʻarbda joylashgan. Koʻrsatilgan hudud geofizik usul b-n ancha oʻrganilgan. 1979—80-y. larda Jan. Oʻrtabuloq hududida oʻtkazilgan seysmik razvedka ishlari natijasida Koʻkdumaloq strukturasi mavjudligi aniqlandi va chuqur quduqlar orqali qidiruv ishlarini olib borishga kirishildi.

1985-y. da sinalgan 2 qudukdagi rif karbonat yotqiziqlaridan koʻp miqdorda kondensat boʻlgan gaz olindi. Key-ingi qazish ishlari natijasida KelloveyOksford karbonat yotqiziklarida oʻz. 10 km, eni 4,5 km, bal. 250 m ga teng kelgan braxiantiklinal koʻrinishdagi rifga mansub struktura borligi aniqlandi. 1986-y. da 3-qudukdan yuqori yura davri karbonat yotqiziklariga mansub sanoat ahamiyatiga ega neft olindi. Konda 18 ta quduq qazilgan. Ulardan 1 tasi parametrik, 3 tasi izlov, 14 tasi razvedka quduqlari. Shulardan 13 tasi mahsuldor. Koʻkdumaloq konidagi quduklar bu yerda yura, boʻr, paleogen va neogen-toʻrtlamchi davr yotqiziqlarining mavjudligini koʻrsatdi. Quduqlarning chuq. 3631 m gacha.

Koʻkdumaloq strukturasi Chorjoʻy pogʻovasiga mansub boʻlib, Dengizkoʻl platosining jan.-sharqiy qismida joylashgan. U Alan, Zevardi, Oʻrtabuloq kabi yirik gazkondensat konlari orasidan joy oladi.

Kellovey-Oksford yotqiziqlarida strukturaning oʻlchamlari kichrayadi hamda boʻyi 7 km, bal. 67 m ni (manfiy 2000 m li izogipsa boʻyicha) tashkil etadi. Kondagi quduqlarning mahsuldorligi yuqori.

Koʻqsumaloq konidagi mahsulot gaz-kondensat uyumidan iborat boʻlib, uning tagida yaxlit holatdagi neftli qatlam ham bor. Gaz-neft chizigʻi —2771 m va suv-neft chizigʻi —2830 m dan oʻtkazilgan. Kondagi neftning zichli-gi 0,841—0,895 g/sm3 oraligʻida oʻzgaradi, kondensatniki esa 0,799—0,815 g/ sm3 oraligʻidadir. Kondagi neft-gaz kondensat uyumining umumiy qalinligi 275 m ni tashkil etadi, neftli qismining qalinligi esa 59 m ga teng.

Koʻkdumaloq koni qatlamlaridagi suv yuqori minerallashgan, undagi tuz miqdori 106—118g/l, oʻrtacha PO g/l ga tengdir. Suvlarda kalsiy, magniy koʻp, sulfatlar 0,5—0,7 g/l, gidrokar-bonatlar 0.1—0,8 g/l ni tashkil etadi. RN koʻrsatkichi 6—6,8 atrofida oʻzgaradi.

1996-y. gacha konda hammasi boʻlib 103 quduq qazilgan, shulardan, 46 neft beruvchi quduqlar, 13 suv haydovchi quduklar, 17 gaz oluvchi quduqlar, 17 gaz aydovchi, 10 kuzatuvchi quduqlar. Koʻkdumaloq koni respublika miqyosida olinayotgan neft va kondensatning asosiy qismini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x