KOʻKCHA-3 QABRISTONI — Tozabogʻyop madaniyatiga mansub jez davri qabristoni (mil. av. 13—11-a. lar). Xorazmdagi Koʻkcha togʻidan 5 km jan. rokda, Amudaryoning qad. oʻzani — Oqchadaryoning jan. havzasida. 1954—59 y. larda SP. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi topib oʻrgangan. K.-Z q. 100 dan ortiq dafn qilingan mayyitlar qabrlaridan iborat boʻlib, ulardan 74 tasi qazib ochildi. Baʼzi qabrlarga bittadan va ayrimlariga ikkitadan turli jinsga mansub oʻliklar koʻmilgan. Erkaklar oʻng yoni, ayollar esa chap tomoniga yotqizib qoʻyilgan. Jasadlar boshi tepasida 1 yoki 2 ta idish mavjud. Ayollar dafn qilingan qabrlardan jez bilaguzuk va ziraqlar, jez va aqiq munchoqlar, erkaklar koʻmilgan qabrlardan esa dastasi suyakdan qilingan toʻrt qirrali jez bigizlar, jez pichoqlar hamda turli-tuman qurollar topildi. K.-Z q. dan chiqqan sopol idish va jez buyumlar sirti koʻpincha ilon izi yoki boshoqsimon shakllar b-n bezatilgan. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkchaliklar, asosan, chorvachilik qisman daryo oʻzanlari boʻyida dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Ular Volga boʻylarida yashagan Yogʻochband madaniyati va Andropove madaniyatiga mansub qabilalar b-n yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии