KLUJ-NAPOKA

KLUJ-NAPOKA — Ruminiyaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Kluj judetsining maʼmuriy markazi. Samesh daryosi sohilida joylashgan. Mamlakatning yirik sanoat va muhim madaniy markazi. Aholisi 332,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (asosan, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar i. ch.) va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, mebel, kimyo, tamaki, chinni, keramika, farmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Un-t (1872-y. dan) va b. oliy oʻquv yurtlari, Ruminiya FA ning filiali va b. ilmiy tadqiqot muassasalari, tarix, etnografiya va badiiy muzeylar, botaniqa bogʻi bor. Kluj-napoka qadimgi qalʼa oʻrnida vujudga kelgan. Dastlab 1173-y. da tilga olingan, 1316-y. dan shahar. Meʼmoriy yodgorliklaridan San-Mixail cherkovi (14—15-a. lar), un-t binosi (19-a.) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x