KLIVLEND

KLIVLEND — AQSHning shim.sharqiy qismidagi shahar. Ogayo shtatida, Eri koʻlining jan. sohilida. Mamlakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shaxar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago sh. lari bilan bogʻlovchi asosiy t. y. va shosse magistrallari oʻtgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk koʻllar sistemasidagi eng katta port. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika va radioelektronika. Qurilish materiallari va port uskunalari, stanok va uskunalar, raqsta va samolyot qismlari, sanoat va maishiy elektr jihozlari, yoʻl-qurilish mashinalari, konchilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati uchun jihozlar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kemasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, un-t (1826), i. t. markazlari, muzeylar, teatrlar bor. Klivlendga 1796-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x