KLARNET

KLARNET [ital. Clarinetto, lot. clarus — tiniq (tovush) soʻzidan], soprano (yoki katta) klarneti — puf-lamatilchali yogʻoch musiqa cholgʻusi. 17-a. oxirida yuzaga kelgan. Tovushi tiniq, yorqin, shirali va yoqimli. Obnus (qora) daraxti yogʻochidan va plastmassadan yasaladi. Yuqori qismidagi moslama (mundshtuk) ga kamish (yoki bambuk) tilcha boglanadi, silindr shaklidagi havo yoʻli (ichki kanal)ning oʻz. 590—680 mm. Hozirgi Klarnetlar 7 tyoshikli va 20 klapanli, asosan, V yoki A sozida boʻladi. Diapazoni d (yoki cis) — Ы (s4). Kichik Klarnet, bassetgorn, bas-K., kontrabas-K. kabi turlari ham manjud.

Ijro va ifodaviy imkoniyatlari keng boʻlgan Klarnet yakkanavoz soz sifatida, kamer va estrada ansambllari, simfonik va puflama cholgʻular orkestrlarida ishlatiladi. Oʻzbekistonda il k K. chilar 20-a. boshida paydo boʻlib, 1950-y. lardan U. Rizoqulov, B. Minin, keyinroq K. Azimov, B. Solihov, B. Murtazoyevlar tanildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x