KISLOROD

KISLOROD (lot. Oxygenium, yun. oxys — nordon va gennao — tugʻmoq) , O — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 8, at. m. 15,9994. Ilk bor shved kimyogari Kislorod Sheyele (1771) selitra (KNO3, NaNO3)HH, marganes qoʻsh oksid (MpO2)ni va ingliz kimyogari J. Pristli (1774) simob oksid (HgO)HH, surik (R^O^ni qizdirish natijasida bir-biridan mustaqil holda ajratib olishgan. 1775-y. da A. Lavuazye havo azot va kisloroddan iborat ekanligini aniqladi. Kislotalar tarkibida Kislorod borligidan Lavuazye uni oxygen, yaʼni «kislota hosil qiluvchi» deb atadi. Kislorod tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Massasi jihatidan Yer poʻstining 47% ini, suvning 85,82% ni, atmosfera havosining 23,10% ini (hajm jihatdan 20,95% ni) tashkil qiladi. Kislorod juda koʻp (1400 tacha) mineral hosil qiladi. Tirik organizmlarda 70% atrofida Kislorod bor; u koʻpgina organiq (oqsillar, yogʻlar, uglevodlar) va anorganiq birikmalar tarkibiga kiradi. Fiziologik jarayonlarda, ayniqsa, nafas olishda juda muhim rol oʻynaydi. Odam organizmi tinch turganda sutkasiga 300 l, jismoniy ish qilganda 10—15-marta koʻp Kislorod sarf qiladi. Sarflangan Kislorod mikdorini yashil oʻsimliklar tiklab turadi (q. Fotosintez). K. yonish; achish; chirish jarayonlarida ishtirok etadi; mas, yoqilgʻilarning yonishi uchun butun dunyoda har yili 9-10 t K. sarf boʻladi.

Kislorodning 3 barqaror izotopi bor: |6O(99,759%), |7O(0,037%), |8O(0,204%). K. atomining elektron kavati 2 ichki va 6 tashki elektrondan iborat boʻlib, 2s22p4 koʻrinishida ifodalanadi. Kislorod atomining tashki qavati toʻliq boʻlmagani uchun kimyoviy birikmalarda Kislorod atomi boshqa atomlardan elektronlar qabul qilib, manfiy zaryadli boʻlib qoladi. Kislorodning elektron yoʻqotadigan birikmalari juda kam.

Kislorod molekulasi 2 atom O2 dan iborat; havoga yoki Kislorodning oʻziga elektr uchqunlari taʼsir ettirilganda molekulasi 3 atom Kisloroddan iborat ozon (O3) hosil boʻladi. Kislorod ioni O2» ning radiusi (qavslarda koordinatsiyey sonlar keltirilgan) 0,121 nm(2), 0,124 nm(4), 0,126 nm(6) va 0,128 nm(8). Kislorod molekulasi 1500° da toʻliq dissotsiatsiyalanadi.

Fizik hossalari. Kislorod rangsiz, hidsiz va taʼmsiz gaz: — 182,9° da zichligi 1,14 g/sm3 boʻlgan havorang suyuqlikka aylanadi, — 218,7° t-rada esa qotib, koʻk kristall hosil qiladi. Kristall holdagi Kislorod bir nechta modifikatsiyaga (a, fS, u — shakl oʻzgarishiga) ega. Gaz holatidagi Kislorodning zichligi (0° va normal bosimda) 1,42897 g/l. K. 1 m3 suvda (20° va 1atm. da) 0,031 m 0° da esa 0,049 m3, etanolda 0,2201 m3, atsetonda 0,2313 m3 eriydi.

Kimyoviy qossalari. Kislorod eng faol (ftordan keyin) metallmas element, yengil inert gazlardan boshqa hamma elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Koʻp elementlar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi; ogʻir inert gazlar, galogenlar, oltin va platina bundan mustasno. Kislorod boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganda — oksidlanish reaksiyalarida issiqlik ajraladi (ekzotermik reaksiya). Odatdagi t-rada Kislorod vodorod b-n nihoyatda sekin reaksiyaga kirishadi, 550° da esa reaksiya portlash bilan davom etadi: 2N2+O2=2N2O. Oltingugurt, uglerod, azot, fosfor bilan normal sharoitda juda sekin reaksiyaga kirishadi. T-ra oshirilganda reaksiya tezlashadi, element qizigach, yona boshlaydi. Kislorodning azot bilan reaksiyasi endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradigan) reaksiya boʻlib, faqat 1200° da amalga oshadi. Kislorod deyarli hamma metallarni, ayniqsa, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarini oson oksidlaydi. Kislorodning moddalar bilan reaksiyaga kirishishida suv muhim rol oʻynaydi. Mac, kaliy oʻta faol metall boʻlishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) Kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin ozgina suv bugʻlari taʼsirida odatdagi t-rada kaliy Kislorodda yona boshlaydi. Kislorod metallarni oksidlab, korroziyaga sabab boʻladi. Baʼzi metall oksidlari Kislorod bilan birikib, peroksid birikmalarni beradi. Katalizator ishtirokida ammiakning Kislorod bilan oksidlanishidan azot (P)-oksid (NO2) hosil boʻladi (nitrat kislota ishlab chiqarishda shu jarayondan foydalaniladi). Muhim issiqlik manbai — uglevodorodlar (tabiiy gaz, benzin, kerosin) ning Kislorodda yonishi sanoat va turmushda katta ahamiyatga ega. Hujayralarda oziq moddalarning Kislorod bilan oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya manbaidir.

Kislorod olishda: kimyoviy, elektroliz va fizik (havoni parchalash) usullaridan foydalaniladi. Kimyoviy usul ancha ilgari kashf qilingan. Bunda Bertole toʻzi (KSGO3) qizdirilganda parchalanib, toza kislorod O2 (1 kg toʻzdan 0,27 m3) ajralib chiqadi. Bu usulda olingan Kislorodning tannarxi qimmat va kam samarali boʻlgani uchun faqat lab. da qoʻllaniladi. Elektroliz usulida suvdan oʻzgarmas elektr toki oʻtkaziladi. Elektr oʻtkazuvchanlikni oshirish uchun suvga oʻyuvchi natriy (NaOH) eritmasi qoʻshiladi. Bunda suv kislorod va vodorodga parchalanadi. Fizikaviy usul. Kislorod hozirgi vaqtda, asosan, havoni parchalash yoʻli bilan olinadi. Gazsimon havoni parchalash juda qiyin, shuning uchun uni oʻta sovitib (—180°) suyultirish, soʻngra tarkibiy qismlarga ajratish kerak. Dastlab azot, keyin Kislorod bugʻlanib chiqadi. Havoni membrana — toʻsiqdan saralab oʻtkazish (diffuziya) usuli bilan ham lab. da Kislorod olish mumkin. Sanoatda texnologik (92—98% O2), texnik (1-nav 99,7% O2, 2-nav 99,5% O2 va 3-nav 99,2% O,) va suyuq (99,7% O2) Kislorod ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, davo muolajalari uchun (tibbiy Kislorod 99,5% O,) maxsus Kislorod ishlab chiqariladi. Gazsimon Kislorod poʻlat ballon va ressiverlarda 150 yoki 420 atm. bosim ostida, suyuq Kislorod metalldan yasalgan Dyuar idishlari yoki maxsus sisterna-tanklarda tashiladi va saqlanadi.

Metallurgiyada (q. Konverter, Kislorod bilan kesish va b.) va metallarni gaz alangasi bilan ishlash jarayonida payvandlash, sirt (yuza)ni toblash, shuningdek, aviatsiya, suv osti kemalarida texnik Kislorod ishlatiladi. Texnologik Kislorod esa kimyo sanoatida sunʼiy suyuq yoqilgʻi, surkov moylari, nitrat va sulfat kislota, metanol, ammiak va ammiakli oʻgʻitlar, metall peroksidlari olishda qoʻllaniladi. Suyuq Kislorod portlatish ishlarida, reaktiv dvigatellarda va sovituvchi vosita sifatida lab. larda ishlatiladi. Sof Kislorod katta balandliklarda, kosmik parvoz paytida, suv ostida nafas olish uchun va tibbiyotda davolash maqsadida (q. Kislorod bilan davolash) qoʻlaniladi.

Ad.: Razumovskiy S. D., Kislorod — elementarnыye formы i svoystva, M., 1979; Termodinamicheskiye svoystva kisloroda, M., 1981.

Stalina Qosimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x