KIRKIK

KIRKIKbedana ovlashda ishlatiladigan asbob. Shakli kichik yogʻoch qoshiqqa oʻxshaydi, dastasi va qorin qismi oʻyilib, dastasiga ovoz chiqaradigan tilchali naycha oʻrnatiladi, qorin qismiga yupqa rezina yoki yumshoq (oshlangan) teri parda tortiladi. Naychaning qoringa tutash joyi mum bilan mahkamlanadi. Ovchi Kirkikni barmoqlari b-n bir-ikki taktida uradi (kichikroq Kirkikni parda tortmay lunjga solib ishlatish ham mumkin), natijada makiyon bedana sayrogʻiga monand ovoz chiqadi (K. ning nomi shundan). Makiyon ovozi nar bedanalarni jalb etadi, ular makiyonni izlab, yoyib qoʻyilgan yoyma toʻr ostiga yoki toʻzoq qoʻyilgan maydonga kirib keladi. Kirkik bilan bedana bahor va yoz oylarida ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x