KIMYOTERAPIYA

KIMYOTERAPIYA, kimyoviy usul bilan davolash — xavfli oʻsmalarga qarshi taʼsir etish xususiyatiga ega dori vositalari bilan davolash. Bu usul bundan 50 yil avval olimlar tomonidan kashf etilgan; unda azotipritning baʼzi farmakologik moddalari tez oʻsuvchi hujayralarga taʼsir etishi va qon i. ch. aʼzolarining xavfli oʻsmasida qoʻllash mumkinligi bayon etilgan. Keyinchalik shu asosda Kimyoterapiyada qoʻllaniladigan dorilar ishlab chiqarila boshlandi.

Kimyoterapiyada qoʻllaniladigan dori vositalari farmakologik xususiyatiga koʻra, jadal oʻsayotgan hujayralarning rivojlanishi va koʻpayishini jilovlash va izdan chiqarish, shuningdek, DNK, RNK yoki tegishli oqsillar sintezini toʻxtatish, yaʼni sitostatik taʼsirga ega. 50 dan ortiq bunday tabiiy va sunʼiy (sintetik) preparatlar: alkillovchilar (embixin, xlorbutin, siklofosfan, ifosfamid, prospidin, sarkolizin va h. k.), antimetabolitlar (metotreksat, ftoruratsil, ftorafur, kapetsitabinkseloda, gemzar va b.), xavfli oʻsmaga qarshi qoʻllaniladigan antibiotiklar (daktinomitsin, rubomitsin, doksorubitsin, adriamitsin, bleomitsin va b.), dorivor oʻsimliklardan ajratib olingan vinblastin, vinkristin, navelbin, taksol, taksoter, topotekan, irinotekan, etopozid va b. dorilar hamda gormonlar ishlatiladi.

Qon yaratish aʼzolari va limfa tugunlari xavfli oʻsmasi (gemoblastoz, limfoma) rak (saraton) kasalligining tarqalgan xillarida Kimyoterapiya asosiy davolash usuli hisoblanadi. Saraton kasalligining oʻchokli (tarqalmagan) holatlarida keyingi yillarda yangi taʼsirchan preparatlar (taksol, navelbin, gemzar, sisplatin) ishlab chiqarilishi tufayli Kimyoterapiyani kompleks davolash tarkibiga kiritish mumkin, mas, xirurgik usuldan oldin (neoadyuvant) yoki undan keyin kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik (adyuvint) Kimyoterapiya qoʻllaniladi.

Ayrim xavfli oʻsma kasalliklarida (bachadon xoriokarsinomasi, bolalarda uchraydigan limfoblasteloykoz, limfogranulematoz) K. yaxshi naf berishi va bemor sogʻayib ketishi mumkin.

Ayrim xavfli oʻsmalar (buyrak, meʼda osti bezi raki) kimyoviy dorilarga nisbatan kam sezgirligi sababli Kimyoterapiyada qoʻllaniladigan dorining davoli xususiyati tegishli baholash darajadari bilan belgilanadi.

Baʼzan Kimyoterapiyadan soʻng ayrim noxush asoratlar kuzatiladi, lekin keyinchalik bu holat oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x