KESAR KESISHI

KESAR KESISHI (lot. sectio — yorish, ochish; caedo — kesaman) — xirurgik operatsiya; akusherlik amaliyotida qorinning oldingi devorini va bachadonni kesib (baʼzan qin tomondan kesiladi — bu qinni Kesar kesishi deyiladi), homila va yoʻldoshni olish. Tabiiy tugʻruq yoʻllari orqali bola tugʻilishi mumkin boʻlmagan hollar (mas, ayol chanogʻining torligi yoki bachadonning yorilish xavfi tugʻilishi va b.)da, shuningdek, tugʻayotgan ayol jiddiy kasal boʻlganda (mas, yurak poroklarida) qilinadi. Hoz. Kesar kesishi bachadonning pastki segmentini kesib ochish yoʻli bilan bajariladi. Buning uchun qorin devorini qavatma-qavat kesib, bachadongacha boriladi; uni ham qovuqsan yuqori qismi koʻndalang kesiladi va dastlab homila, keyin yoʻldosh chiqarib oli-nadi. Shundan soʻng bachadon devori, keyin qorin devori qavatma-qavat tikiladi. Bir marta Kesar kesishi qilingan ayolda bachadon chandigʻi yuzaga kelishi sababli keyingi homiladorlik va tugʻish vrach koʻrsatmasiga qatʼiy amal qilgan holda boʻlishi lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x