KAUZALGIYA

KAUZALGIYA (yun. kausus — achishuv, lovillashuv va algos — ogʻriq) — periferik nerv tolalari jarohatlanganda (xususan, oʻtkir narsa bilan qisman kesilgandan soʻng) chidab boʻlmaydigan darajada azob beruvchi ogʻriq. Ogʻriq zoʻridan kishi kechayu-kunduz tinim bilmaydi, jarohatlangan aʼzosini avaylab, oʻzini qoʻyarga joy topolmay bezovtalanadi. Oʻqtekkan jarohat (mas, quymich nervi va uning oyokdagi tarmoqlari, oʻrtalik nerv bilan tirsak nervining qoʻldagi tarmoqlari) chandiq-lanib bitganda, nevroma vujudga kelganda kuzatiladi. Shikastlangan qoʻl yoki oyoqning tomirdan oziqlanish faoliyatining izdan chiqishi b-n kechadi. D a v o s i . Ogʻriq qoldiruvchi dorilar, ganglioblokatorlar, shuningdek, fizioterapevtik muolajalar buyuriladi; bular naf bermasa, jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x