KAKLIKTOGʻ

KAKLIKTOGʻHisor tizma togʻlarining jan.-gʻarbiy etaklaridagi adir, Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Jan. da Qizildaryo, shim. da Yakkabogʻdaryo, gʻarbda Qashqadaryo vodiylari, sharqda Kam va Koʻktepa togʻlariga tutashadi. Uz. 13—14 km, sharqsan gʻarbga tomon yoʻnalgan, shim. ga tomon pasayib boradi. Eng baland joyi 1072 m, adir zamini neogen va toʻrtlamchi davrning konglomeratlaridan iborat, yuzasi esa turli qalinlikdagi lyossimon jinslar bilan qoplangan. Kakliktogʻ relyefi ancha parchalangan, baʼzan chuqur jarlar vujudga kelgan, ularning tubida buloqlar (Kinchashma) jilgʻa hosil qilgan. Oddiy (quyi qism) va toʻq boʻz tuproqlarda rang, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, oqquray, karrak, choʻlyalpiz, togʻ shuvogʻi, mingbosh, chitir, yuqori qismida bugʻdoyiq keng tarqalgan. Yaylovlarning oʻrtacha mahsuldorligi gektariga 1—3, bahorda 4 i.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x