INGLIZ-AFGʻON URUSHLARI

INGLIZ-AFGʻON URUSHLARI — Buyuk Britaniyaning Afgʻonistonga qarshi mustamlaka bosqinchilik urushlari (1832-42, 1878-80, 1919). Birinchi I.-a. u. (1838—42) — inglizlar armiyasining asosiy kuchlari Qandahor va Gʻaznini egallab, Koboʻlga chiqish maqsadida Boʻlan yoʻlagi orqali Jan.Gʻarbiy Afgʻonistonga bostirib kirishi. Afgʻon qoʻshinlarini chalgʻitish maqsadida Peshovardan Xaybar dovoniga zarba berilgan. Afgʻonistonga bostirib kirgan inglizlar qoʻshi-nining umumiy soni 30 mingdan or-tiq boʻlgan. Afgʻonlar qoʻshini 15 mingga yaqin jangchidan iborat boʻlib, qurol-aslaha jihatidan raqibidan ancha qoloq edi. 1839-y. ingliz qoʻshinlari Qandahor, Gʻazni va Kobulni egallashgan. Bunga javoban partizanlar urushi boshlangan. 1841-y. noyab. da Ko-bulda xalq qoʻzgʻolon koʻtargan. Inglizlar malayi Shujoʼ oʻldirilgan, Ko-buldan chekinishga majbur boʻlgan ingliz armiyasi yakson qilingan. Garchi 1842-y. Angliya hukumati Afgʻonistonga jazo ekspeditsiyasi joʻnatgan boʻlsada, inglizlar oʻz magʻlubiyatlarini tan olishga majbur boʻlganlar va 1842-y. oxiriga kelib Afgʻonistonni tark etishgan. Ikkinchi I.-a. u. (1878—80) — ingliz qoʻshinlarining (36 ming kishi) uch kolonna boʻlib Afgʻonistonga (Xaybar, Kurram va Boʻlan yoʻlagi orqali) bostirib kirishi bilan boshlangan. Qoʻshin soni va qurollanish jixatidan raqibidan ancha ortda boʻlgan afgʻon armiyasi chekinishga majbur boʻlgan. 1879-y. 8 yanv. da ingliz qoʻshinlari Qan-dahorni egallagan. Afgʻoniston amiri Yoqubxon Angliya b-n Gandamak bitimini imzolagan, bunga qarshi mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni boshlangan (1879-y. sent.). Kobuldagi ingliz rezidenti Kavanyari 1879-y. 3 sent. da oʻldirilgan. 1880-y. 27-iyulda Qandahor yaqinidagi Mayvand yonida boʻlgan jangda afgʻon qoʻshinlari inglizlar brigada-sini tamoman tor-mor etganlar. Kobuldagi inglizlarni qoʻzgʻolonchilarning afgʻon, tojik va oʻzbeklardan tashkil topgan deyarli 100 ming kishilik armiyasi qamal qilgan. Afgʻoniston xalqlarining bosqinchilarga qahramonona qarshilik koʻrsatishi Angliya hukuma-tini Afgʻonistonni bosib olish va parchalab tashlash rejasidan voz kechishga va amir Abdurahmon bilan kelishuv shartnomasi tuzishga majbur qildi. Unga koʻra, Afgʻoniston ichki siyosatda mustaqil boʻlib, tashqi siyosatda Angliya nazorati ostida qolgan. Ingliz qoʻshinlari mamlakatni tark etganlar. Uchinchi I.-a. u. (1919-y. may) — amir Omonullaxon Afgʻoniston musta-qilligini eʼlon qilishi bilan Angliya tomonidan boshlangan. 3-mayda urush xdrakatlari boshlangan. 6-mayda Angliya Afgʻonistonga urush eʼlon qilgan. Afgʻon muntazam qoʻshinlari (40 ming kishi) Xaybar, Vaziriston va Qandahor yoʻnalishlarida harakat qiluvchi 3 kolonnaga boʻlingan. Qoʻshin soni (deyarli 340ʻming kishi) va texnikaviy ustunlik Angliya tomonida boʻlgan. Garchi Xaybar yoʻnalishida inglizlar mu-vaffaqiyatga erishgan boʻlsalarda, lekin ular Vaziristonda magʻlubiyatga uchraganlar, afgʻon qoʻshinlari 1919-y. 27-mayda Tol qalʼasini egallashgan. Vaziristonda chegara hududlarida yashovchi pushtunlarning inglizlarga qarshi yalpi qoʻzgʻoloni boshlangan. Mana shu holat, hamda Hindistondagi inkilobiy koʻtarilish (1918-y. boshlangan) Angliyani urushni davom ettirishdan voz kechishga majbur etdi. 1919-y. 8 avg. da Ravalpindi sh. da dastlabki (preliminar) sulh bitimi tuzilib, u 1921-y. 22 noyab. da Kobulda ratifikatsiya qilingan. Bitimga koʻra, Angliya Afgʻonistonning toʻla mustaqilligini tan olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x