IDRISIY

IDRISIY, al-Idrisiy Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad [1100 — Seuta (Sibta), Marokash — 1165 yoki 1161, Sitsiliya o. ] — arab geografi va sayyohi. Ispani-yadagi arab xalifaligining poytaxti Qurtuba (Kordova) sh. da tahsil olgan. Portugaliya, Fransiya, Angliya va Kichik Osiyo ya. o. ga sayohat qilgan. I. Yevropada eng mashhur sayyoh hisoblangan. Taxm. 1138-y. Sitsiliyaning Palermo sh. ga kelib, Sitsiliya qiroli Rojer II saroyida yashagan. Qirol topshirigʻi bilan 1154-y. oʻsha davrda dunyoning ilm axliga maʼlum boʻlgan qismi xaritasini tay-yorlagan, uni kumush yassi sharga oʻyib chizgan va qogʻozga ham tushirgan. Xaritaga «Nuzxat al-mushtoq fi-ixtiroq al-ofoq» («Sayohatga mushtoq boʻlganning ufklarga sarguzashtlari») izohnomasini yozgan (baʼzan uni «Rojer kitobi» ham deyishadi). Idrisiy asarlarining nusxalari koʻp, biroq birorta ham toʻla nusxasi saklanmagan; 16-a. dan boshlab Yevropada bir necha marta nashr qilingan. Jumladan, lotin tilidagi tarjimasi 1593-y. Rimda nashr qilingan.

Idrisiy xaritasining asli yoʻqolgan, nus-xasi bilan izohnomasigina saqlanib qolgan. I. Yerni 7 iqlimga boʻlgan (xar bir iqlim 10 qismdan iborat). Idrisiyning barcha iqlimni oʻz ichiga olgan asarlari va unga ilova qilingan xaritalar (70 ta) oʻrta asrlarda geogr. fanida eng mukammal asar hisoblangan, Yevropa va Afrika tarixi va tarixiy geogr. ni oʻrganishda muhim manba boʻlgan. Unda musulmon Sharqidan tashqari Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari haqida turli-tuman qiziqarli maʼlu-motlar bayon qilingan. Idrisiy asarlarini shaxsan oʻzi koʻrgan-bilganlari, sayohatchilar, savdogarlar, ziyoratchilar va turli mamlakatlarni oʻrganish uchun yuborilgan kishilar axboroti asosida yozgan. U Ibn Hurdodbeh, Ibn Havqal, Masʼudiy kabi arab geograflari va sayohatchilari asarlaridan ham foydalangan. Ammo Idrisiy xaritasi xatoliklardan xoli emas: Afrika olisdagi Hin-dixitoy yarim oroli bilan tutash, Hind okeani koʻl tarzida koʻrsatilgan, yaʼni Klavdiy Ptolemey dunyo xaritasidan aynan koʻchirgan.

Omon Boʻriyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x