Husniddin Xoliqov — Sumalak

Sumalakdan tosh topdim,
Bir parcha quyosh topdim,
Ko`ksimda yondi umid,
Bir ajib sirdosh topdim. (x2)

Mo`jizali, mo`jaz tosh,
Yo`llarimda bo`l yo`ldosh,
Bir umr mushtoq o`tdim,
Tugadi tog`dek bardosh. (x2)

Omadmi, baxt berursan,
Yo muhabbat berursan?
Hijronzada ko`nglimga
Balki, quvvat berursan? (x2)

Mo`jizali, mo`jaz tosh,
Yo`llarimda bo`l yo`ldosh,
Bir umr mushtoq o`tdim,
Tugadi tog`dek bardosh. (x2)

Boqiy umr so`raymi?
Sog`lik, huzur so`raymi?
Yo bahoriy tuyg`ular
Berguvchi nur so`raymi, so`raymi?

Mo`jizali, mo`jaz tosh,
Yo`llarimda bo`l yo`ldosh,
Bir umr mushtoq o`tdim,
Tugadi tog`dek bardosh. (x3)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x