Homiladorlikda burun bitishi – sabablari, belgilari va davolash usullari

Homiladorlik – ayol organizmidagi turli xil oʻzgarishlar bilan kechadigan fiziologik holatdir. Shular ichida homiladorlikda burun bitishi koʻp uchraydigan yoqimsiz vaziyatlardan biridir, axir yosh ayol organizmi turli xil infeksiyalarga beriluvchanku.

Homiladorlik vaqtida burun bitishining aniq sababi yoʻq, bir necha omillar taʼsirida bunday holat kelib chiqadi. Burun bitishini bartaraf etish ayniqsa, homiladorlik vaqtida qiyin kechuvchi jarayon hisoblanadi. Patologiyani davolash uchun avvalo uning kelib chiqishiga sabab boʻluvchi omilni aniqlab olish lozim.

homiladorlikda burun bitishi

Homiladorlikda burun bitishi sabablari

Burun bitishining bir necha sabablari mavjud. Patologiyani bartaraf etish uchun burun bitishining aniq sababini aniqlab olish va unga qarshi kurashish talab etiladi. Quyida burun bitishining asosiy sabablari haqida maʼlumot berib oʻtiladi.

Rinit

Oddiy xalq tilida tushuntirilganda – shamollash. Rinit virusli infeksiya taʼsirida yoki allergik moddalar bilan kontaktda boʻlish yoʻli bilan kelib chiqadi. Allergik rinit – homilador ayollarda uy hayvonlari, maishiy chang va baʼzi oʻsimliklar changi taʼsirida rivojlanadi. Infeksion rinit mavsumiylik xususiyatiga ega yaʼni kasallik aynan ORVI va gripp infeksiyalari qoʻzgʻaladigan mavsumda koʻp uchraydi.

Sinusit

Homiladorlik vaqtida ayol kishi organizmining kislorodga boʻlgan ehtiyoji ortadi. Agar homiladorlik vaqtida kislorod qabul qilish kamaysa bu ona va homilaga salbiy taʼsir etishi mumkin. Burun bitishining yana bir sababi – sinusit kasalligidir. Bunda yuqori nafas olish yoʻllari shilliq qavati shishi natijasida gaymor va peshona boʻshligʻida shilliqqa toʻplanib qolishi kuzatiladi. 

Homiladorlikda burun bitishi natijasida bakterial infeksiya aralashuvi va boʻshliqlarda yiringli-yalligʻlanish jarayoni boshlandi. Har qanday yalligʻlanish bilan kechadigan kasalliklar homila rivojlanishiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Agar homilador ayolga ushbu tashxis qoʻyilgan boʻlsa, kechiktirmay mutaxassis-shifokor bilan maslahatlashishi va davo muolajalarini boshlash zarur.

Gormonal rinit

Homiladorlik roʻy berishi bilanoq ayol organizmida gormonal oʻzgarishlar roʻy beradi, ayrim gormonlar miqdori ortsa ayrim gormonlar sintezi kamayadi. Toʻliq yoki qisman burun bitishi homiladorlik vaqtida kuzatiladigan belgilardan biri hisoblanadi. Gormonal fon natijasida kelib chiqadigan burun bitishi davo talab etmaydi, bu jarayon ayol kishi farzand dunyoga keltirgandan soʻng oʻz oʻzidan oʻtib ketadigan jarayondir.

Homiladorlikning erta muddatlarida burun bitishi

Burun bitishi homiladorlikning erta muddatlarida koʻp uchraydi. Homiladorlik boshlanishidagi ayol kishi emotsional zoʻriqishi va toksikozlarga qoʻshimcha ravishda burun bitishi ayol kishi uchun kuchli diskomfort tugʻdiradi.

Agar homilador ayol burun orqali toʻyib nafas olmasa uyqu buzilishi, qoʻzgʻaluvchanlik, bosh aylanishi va bosh ogʻriqlari kelib chiqadi. Bunday vaqtda burun bitishiga jiddiy eʼtibor qaratish lozim. 

Tomirlarni toraytiruvchi sprey va tomchi preparatlarni mustaqil ravishda oʻz boshimchalik bilan ishlatish homila rivojlanishiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Har qanday dori preparatlarini qoʻllashdan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Homiladorlikning kechki muddatlarida burun bitishi

Tugʻruq muddati yaqinlashib borgan sari organizmda aylanib yuruvchi qon hajmi ortadi. Bu esa burun bitishiga ham sabab boʻladi. Homiladorlikning soʻngi bosqichlarida burun bitishining sababi bakterial yoki infeksion omil boʻlishi ham mumkin. Bunday vaziyatda shifokor bilan maslahatlashish va davo muolajalarini oʻtkazish lozim. Aks holda homila hayotida xavf tugʻilishi mumkin. 

Davo

Homiladorlik vaqtida burun bitishini davolash konservativ hamda noodatiy tibbiyot yoʻli bilan amalga oshirish mumkin.

Konservativ usul

Burun yoʻllari va boʻshliqlarni yuvish muolajasi albatta oʻtkazilishi kerak. Shu yoʻl bilan nafas yoʻllari va boʻshliqlarda toʻplangan yiring va shilliqlar, chang donachalari va kasallik chaqiruvchi bakteriyalardan xalos boʻladi. Burunni yuvish uchun oddiy fiziologik eritma, osh tuzi yoki dengiz tuzi eritmasidan foydalaniladi. Kun davomida 3-4 marotaba chayish kifoya qiladi.

Antiseptik taʼsir etishi uchun mahalliy “Zvezdochka” balzamini qoʻllash mumkin. Agar burun bitishining sababi allergik jarayonlar boʻlsa mahalliy qoʻllaniluvchi spreylar shilliq qavat va allergenlar orasida barer hosil qiladi va shilliq qavatlarga allergenlar taʼsiri toʻxtaydi.

Virusli va bakterial infeksiyalar taʼsirida kelib chiqadigan shamollash jarayonlarini bartaraf etish uchun malakali mutaxassis maslahatlari talab etiladi. Bunday holatda bemorga antibiotiklar yoki viruslarga qarshi vositalar buyurilishi mumkin. Homiladorlik vaqtida bunday preparatlarni mustaqil ravishda qabul qilish mumkin emas.

Agar burun bitishi kuchli namoyon boʻlsa shifokor maʼlum muddatga tomirlarni toraytiruvchi vositalar buyurishi mumkin. Bu kabi preparatlardan foydalanish uzogʻi bilan 2-3 kun davo etishi lozim. Aks holda ayol kishi ushbu vositalarga oʻrganib qoladi.

Homiladorlikda burun bitishi holatini xalq tabobati yordamida davolash

Xalq tabobati yordamida burun bitishidan toʻliq qutulishining iloji yoʻq boʻlsada, vaziyatni yengillashtirish uchun yaxshi samara beradi.

Homiladorlik vaqtida burun bitishida yordam beruvchi vositalar quyidagilar:

  • Ingalyatsiya. Buning uchun qaynatilgan kartoshka va oʻsimlik qismlari, 1-2 tomchi efir moyidan qoʻshib damlangan damlama bugʻidan nafas olish kifoya.
  • Burun yoʻllaridagi shishni kamaytirish uchun kalanxoe va aloe oʻsimliklari suvidan har bir burun teshigiga 2 tomchidan tomizish kerak. Agar oʻsimlik suvi juda kuchli boʻlsa va burun shilliq qavatlarini achishtirsa, uni suv qoʻshish yoʻli bilan konsentratsiyasini kamaytirish mumkin.
  • 25 ml limon suvi, 40 ml qaynatilgan suv va choy qoshiqning toʻrtdan 1 qismicha osh tuzi aralashtirib eritma tayyorlang. Tayyor boʻlgan eritmadan 2 tomchidan har bir burun teshigiga tomizing.

Agar burun shilliq qavati qurib qolsa, unga tabiiy asal, oʻsimlik moyi aralashtirib shilliq qavatlarga surish kerak.

Homiladorlikning erta va kech muddatlarida burun bitishi profilaktik chora tadbirlariga quyidagilar kiradi:

  • Gripp, ORVI va boshqa infeksion kasalliklarga chalingan insonlar bilan kontaktda boʻlmaslik;
  • Odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda kamroq boʻlish;
  • Vitaminoterapiya kursini qabul qilish;
  • Dam olish va ish tartibini toʻgʻri tuzib olish;
  • Agar ayol kishi allergik boʻlsa, allergiya chaqiruvchi moddalardan uzoqroq yurishi kerak;

Agar homilador ayol surunkali kasalliklardan aziyat chekmasa, burun bitishi homilador ayolning umumiy ahvoliga salbiy taʼsir etmasa xavotirga oʻrin yoʻq. Koʻp hollarda homiladorlik vaqtida burun bitishi oʻz oʻzidan oʻtib ketadigan holat hisoblanadi.


Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Hoziroq bepul yuklab oling

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x