HOFIZ XORAZMIY

HOFIZ XORAZMIY (taxallusi; ismi Abdurahim) (14-a. ning 2-yarmi, Xorazm — 15-a. ning 30—40-y. lari, Sheroz) — shoir. Eski oʻzbek tili rivojiga katta hissa qoʻshgan. Yoshligi Xorazmda kechgan. Bu yerdagi notinchliklar tufayli 14-a. oxirlarida oʻz vatanini tashlab ketishga majbur boʻlgan. Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Iroq, Kirmon, Isfahon, Tabrizda boʻlib, Sherozda turgʻun yashab qolgan. Ibrohim Sulton saroyiga yaqin boʻlgan. Hofiz Sheroziy ijodiga hurmat bilan qarab, uning anʼanalarini oʻzbek sheʼriya-tiga olib kirgan, oʻzbek xalqini Sheroziyniki kabi yetuk ishqiy-falsafiy sheʼriyatdan bahramand qilish niyatida «Hofiz» taxallusini tanlagan.

Hofizni koʻrung ushbu zamon turk tilinda, Gar keldi esa forsda ul Hofizi Sheroz.

Hofiz Xorazmiy ham oʻz zamonasining inson-parvar, maʼrifatparvar vakili sifatida Hofiz Sheroziy, Jomiy, Navoiylar singari diniy-tasavvufiy dunyoqarash vakilidir. Sheʼrlarida Mansur Hallojni chuqur hurmat bilan tilga olgan.

Hofiz Xorazmiy turkiy tilda boy adabiy meros qoldirgan. Sheʼrlaridan devon tuzgan. Devonida 1052 gʻazal, 9 qasida va qator muxammas, tarjeʼband, tarkibband, ruboiy, qitʼalardan ibo-rat 37264 misra sheʼr bor. Ularda in-son baxt-saodati, erkinligi, dunyoviy sevgi-muhabbat madh etilgan, zamonasidagi turli ijtimoiy illatlar ochiq koʻrsatilgan. Sheʼrlari mazmun-mundarijasining kengligi, falsafiy teranligi, inson-parvarlik ruhi, yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Tili sodda, ravon, xalq tiliga yaqin, Xorazm shevasiga xos unsurlar koʻp uchraydi. Devonining 15-a. ning 30-y. larida koʻchirilgan yagona qoʻlyozmasi Hindistonning Haydaro-bod sh. dagi Salorjang muzeyi kutubxonasida, fotonusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

As: Sheʼrlar, T., 1980; devon, 1-2-kitob, T., 1981; Hayot vasfi, T., 1988.

Ad..Sulaymonov H. Oʻzbek shoiri Hofiz Xorazmiy va uning Haydaroboddan topilgan devoni. «Adabiy meros», T., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x