HAYDAR XORAZMIY

HAYDAR XORAZMIY (14-a. ning oxiri — Xorazm — 15-a. ning 1-yarmi) — shoir. Oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida maʼlumot Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lugʻatayn» asarlari hamda oʻzining «Mahzan ul-asror» dos-tonida berilgan. Haydar Xorazmiy asosan Xorazmda yashagan va ogʻir hayot kechirgan. Birmuncha vaqt Hirotda temuriylardan Umar-shayxning oʻgʻli Sulton Iskandar (15-a.) saroyida yashagan. Turkiy va for-siyda sheʼrlar yozgan, devon tuzgan. Ni-zomiy Ganjaviynnnt «Mahzan ul-asror» asariga «Gulshan ul-asror» nomi bilan turkiy tilda javob yozib (1409—14), Sulton Iskandarga bagʻish-lagan. Asar syujeti va gʻoyaviy yoʻnalishi jihatidan ham Nizomiy dostoniga yaqin, vazni ham bir xil — aruzning sareʼ bahrida yozilgan. Hajmi 639 bayt. Asar Nizomiynikidan farq qilib, avval hikoya, soʻng shu hikoyadan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob bilan taʼminlangan. Haydar Xorazmiy bu asari bilan oʻzbek adabiyotida sheʼriy hikoyani rivojlantirgan. Koʻpchilik hikoyalarida olijanob insoniy fazilatlar targʻib qilingan, mehnat va mehnat ahli ulugʻlangan. Dostonda markazlashgan davlat va odil hukmdor gʻoyasi ilgari surilgan; axloq-odob, mehnatsevarlik, saxiylik, rostgoʻylik targʻib etilgan.

«Gulshan ul-asror» oʻzbek epik sheʼriyati tarixida muhim hodisa va turkiy tildagi axloqiy-falsafiy dostonchilikning yirik namunasi boʻlib, turkiy tilning boyligi, qudrati va koʻrkini namoyish qildi hamda oʻzbekozarbayjon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Asarning qoʻlyozma nusxalari London, Parij, Vena, Qozon kutubxonalari-da, fotonusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqtanadi.

Ad.: Bertels Ye. S., Nizami i Fizu-li, M, 1962; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j. li], 1-j., T., 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x