HAYDAR ALI

HAYDAR ALI (1722-1782.7.12) – Hindistondagi Maysur davlatining hukmdori (1761-y. dan); ingliz bosqinchilariga qarshi harakat tashki-lotchisi. Dastlab harbiy otryad boshligʻi boʻlgan. Mulkdorlar oʻrtasidagi oʻzaro urushlar (1758—60 y. lar)dan foydalanib hokimiyatni egallagan. Roja nomigagina hukumat boshligʻi hisoblangan. Soliqlarni koʻpaytirish hisobiga armiyani qaytadan yev-ropacha tuzgan, jogir tizimini bekor qilgan, askarlarga maosh belgi-lagan hamda artilleriyani kuchaytirgan. 1761—64 y. larda Maysur hududini qoʻshni davlatlar hisobiga kengaytirgan.

1-ingliz-maysur urushi davri (176769)da inglizlar bilan sulh tuzgan. Marathalar va Haydarobod sultonligining hujumlarini muvaffaqiyat bilan qaytargan. 1780-y. da ular bilan Hin-distonda inglizlar hukmronligiga qarshi kurashish maqsadida ittifoq tuzgan. 2maysur-ingliz urushi davri (1780—84)da Haydar Ali dastlab butun Karnatikni inglizlardan tozalagan, ammo ittifoqchilarining xiyonati tufayli yengilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x