Hadicha Qurbonova — Yashagim kelyapti, onajon

Paydo bo`ldim yuragingiz ostida,
Yolg`on-yolg`on dunyolarning rostida.
Bu yuragim yoningizga shoshdi-da,
Hayot bering, hayot bering, onajon.
Bu yuragim tug`ilishga shoshdi-da,
Hayot bering menga, aziz onajon!

Yashagim kelyapti, yashagim,
Dadamga, sizga o`xshagim,
Dunyoda guldek yashnagim,
Hayot bering, onajon.

Yashagim kelyapti, yashagim,
Dadamga, sizga o`xshagim,
Dunyoda guldek yashnagim,
Hayot bering, otajon.

Shakllandi mittigina barmoqlarim,
Sizga o`xshar ko`zim, qoshim, quloqlarim.
Sezyapsizmi so`zingizdan titroqlarim?
Hayot bering menga, aziz onajon.
Sezyapsizmi so`zingizdan titroqlarim?
Hayot bering, hayot bering, otajon!

Yashagim kelyapti, yashagim,
Dadamga, sizga o`xshagim,
Dunyoda guldek yashnagim,
Hayot bering, onajon.

Yashagim kelyapti, yashagim,
Dadamga, sizga o`xshagim,
Dunyoda guldek yashnagim,
Hayot bering, otajon.

Nega borligimdan suyunmadingiz?
Nega yo`qotishdan kuyinmadingiz?
Yomonmidi bo`lsa mendek qizingiz?
Hayot bering, hayot bering, onajon.
Yomonmidi bo`lsa mendek qizingiz?
Hayot bering, hayot bering, otajon!

Yashagim kelyapti, yashagim,
Dadamga, sizga o`xshagim,
Dunyoda guldek yashnagim,
Hayot bering, onajon.

Yashagim kelyapti, yashagim,
Dadamga, sizga o`xshagim,
Dunyoda guldek yashnagim,
Hayot bering, otajon.

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x