GIDROSTATIK PARADOKS

GIDROSTATIK PARADOKS, gidrostatik zidlik — muayyan idishga quyilgan suyuqlikning ogʻirligi idish tubiga taʼsir qiladigan bosim kuchidan farq qilish hodisasi. Mac, yuqoriga tomon uchi kengayib boradigan idish tubiga taʼsir qiladigan bosim kuchi suyuqlikning ogʻirligiga nisbatan kichik; uchi torayib boradigan idishda esa, aksincha; katta, dumaloq (silindrik) idishda ikkala kuch bir-biriga teng boʻladi. Bunga sabab shuki, gidrostatik bosim» idish devorlariga tik (normal) taʼsir qiladi, qiya devorlarga taʼsir qiladigan bosim kuchi vertikal tashkil etuvchi kuchga ega boʻladi. Ana shu kuch idish 1 dagiga nisbatan idish 3 dagi ortiqcha suyuqlik hajmining va idish 2 dagi yetishmayottan suyuqdik hajmining oʻrnini qoplaydi. Gidrostatik paradoksni fransuz olimi B. Paskal 1654-y. da topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x