GEYNSBORO

GEYNSBORO (Gainsborough) Tomas (1727, Sadberi, Suffolk — 1788.2.3, London) — ingliz rangtasvir rassomi. 18-a. ingliz portret maktabining yirik namoyandasi. Geynsboro ijodini manzaralar chizish bilan boshlagan («Kornard oʻrmoni», 1748), dastlabki portretlari samimiy jozibasi bilan koʻzga tashlanadi. 70-y. larda A. van Deyk, A. Vatto taʼsirida yetuk portretchi-rassom sifatida shakllangan. Qahramonlari boy maʼnaviyati, ichki erkinlik, favqulodda holatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, oʻsmirlar va ayollar jozibali va nozik tasvirlangan («Koʻk kiyimli bola», 1770; «Sara Siddons portreti», 1784—85). Rasmlari orasida manzara va dehqonlar hayotidan ishlangan lavhalar muhim oʻrin tutadi («Bozorga borayotgan arava», 1786 va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x