GAZ TURBINALI DVIGATEL

GAZ TURBINALI DVIGATEL (GTD) — yoqilgʻi yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kamerasi va havo isitkichdan iborat. Gaz turbinali dvigatelni yaratish goyasini birinchi marta 1791-y. da ingliz ixtirochisi J. Barber taklif kilgan. Birinchi Gaz turbinali dvigatelning loyihasini rus muhandisi P. D. Kuzminskiy 1892-y. da taklif qilib, 1900-y. da kurgan. Boshqa ixtirochilar uni takomillashtirgan. Gaz turbinali dvigatel larning quvvati 100 MVt dan yuqori. Gazning potensial energiyasi turbina kuraklarida kinetik energiyaga, soʻnfa qisman mexanik energiyaga (ishga) aylanadi. Gaz turbinali dvigatelning yonish bosimi oʻzgarmas va yonish hajmi oʻzgarmas xillari boʻladi. Yonish bosimi oʻzgarmas Gaz turbinali dvigatelda yoqilgʻi uzluksiz yonadi, yonish hajmi oʻzgarmasida davriy yonadi. Birinchi Gaz turbinali dvigatel koʻp tarqalgan. Unda kompressorda qisilgan atmosfera havosi yonish kamerasiga keladi va unga yonilgʻi beriladi; yonilgʻi aralashmasi yonib, havoni qizdiradi, soʻngra gaz turbinasida gazsimon yonish mahsulotlarining energiyasi mexanik ishga aylanadi; bu ishning koʻp qismi kompressorda havoni qisish uchun sarf boʻladi, qolgan qismi harakatlantirish agregatiga uzatiladi. Agregat isteʼmol qiladigan ish Gaz turbinali dvigatelning foydali ishi hisoblanadi. Gaz turbinali dvigatelda suyuq yonilgʻi va gaz yoqiladi, qattiq yoqilgʻi faqat elektr styalariga oʻrnatilgan Gaz turbinali dvigatel uchun ishlatiladi. Gazning turbinaga kirish oldidagi t-rasi qancha yuqori boʻlsa, Gaz turbinali dvigatelning f. i. k. ham shuncha katta boʻladi. Gaz turbinali dvigatel sanoatda, aviatsiyada (q. Reaktiv dvigatel), kema va lokomotivlarda, elektr styalarda, gaz haydash st-yalarida (gaz kompressorlarini yurgizish uchun), neft haydash z-dlarida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x